Portfolio Investments MChJ «Uzsungwoo» ustav kapitalidagi davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirish (Expression of Interest) bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatini uzaytirganini ma’lum qiladi. Ushbu qaror xususiylashtirish bo‘yicha konsultantlarning tavsiyalari asosida qabul qilindi hamda jarayonning yanada oshkoraligini ta’minlash va ko‘proq potensial investorlarni jalb qilishga qaratilgan.
Asosiy shartlar:
Ariza topshirish muddati 2025-yil 15-sentabr, soat 23:59 (Toshkent vaqti bilan) gacha uzaytirildi.
MChJ «Uzsungwoo» bo‘yicha arizalar va tegishli materiallar quyidagi elektron manzilga yuborilishi kerak: munir.yakubov@piamg.uz.
Oldin e’lon qilingan shart va talablarning barchasi o‘zgarishsiz qoladi.
Investorlarni qo‘shimcha vaqtdan foydalanib, sifatli arizalar tayyorlashga chorlaymiz. Muddatni uzaytirish jarayonning raqobatbardoshligini oshirish hamda barcha ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan.
Batafsil ma’lumot olish va ilgari e’lon qilingan materiallarga kirish uchun yuqorida ko‘rsatilgan elektron manzilga murojaat qilishingiz mumkin.
Portfolio Investments
Kontaktlar: info@piamg.uz | +998 71 267 7575