Kompaniyamiz

Portfolio Investments - kapital bozorida, Investitsion bank va aktivlarni boshqarishda keng ko'lamli xizmatlarni taqdim etuvchi O'zbekistondagi yetakchi investitsiya kompaniyasi hisoblanadi.

Kompaniya 2012 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va O'zbekiston Respublikasida investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchi, ishonchli boshqaruv va depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun barcha zarur litsenziyalarga ega.

Bizning jamoamiz

Yakubov Munir Murodovich

Bosh Direktor

Bekpo‘lat Aymuratov

Katta yuridik maslahatchi

Yakubov Munir Murodovich

Bosh Direktor

Munir Yakubov O‘zbekiston va MDH davlatlarida korporativ moliya, investitsiya banki, tadbirkorlarga, korporativ va xususiy investitsiya fondlariga maslahat berish bo‘yicha 15 yildan ortiq tajribaga ega. U oʻzbek kompaniyalari uchun koʻplab operatsiyalarni amalga oshirgan. Uning keng ko'lamli tajribasi moliyalashtirishni, shuningdek, sotish va sotib olish bo'yicha bitimlarni o'z ichiga oladi. So‘nggi yillarda uning rahbarligida “Portfolio Investments” zamonaviy O‘zbekiston tarixida birinchi bo‘lib uch xil kompaniyalarda aksiyalarni ommaviy joylashtirish bo‘yicha anderrayterlikni amalga oshirdi. Portfolio Investments kompaniyasini tashkil etishdan oldin janob Yakubov 8 yildan ortiq davlat va xususiy tashkilotlarda turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Faoliyati davomida u ko‘plab kompaniyalar vakillari va rahbarlari bilan yaqin munosabatlar o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Yakubov bir qancha mahalliy kompaniyalarning direktorlar kengashi a'zosi. 2005-yilda Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakultetida bakalavr darajasini olgan.

Bekpo‘lat Aymuratov

Katta yuridik maslahatchi

Aymuratov Bekpo‘lat – adliya tizimida turli lavozimlarda, jumladan, Toshkent shahar Intellektual mulkni himoya qilish markazi, konsalting kompaniyalari boshlig‘i lavozimlarida ishlagan, “XIII Tashkent International Kinofestival” loyihasini amalga oshirishda huquqiy yordam ko‘rsatgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro biznes huquqi buyicha bakalavr va magistr darajalariga ega. Hozirda Bekpo‘lat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining huquq fanlari nomzodi bo‘yicha mustaqil talabasi.

Bizning yutuqlarimiz

2023

2023 yil uchun eng yaxshi anderrayter

2022

Kapital bozorini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun

2021

Institutsional investorlar uchun eng yaxshi investitsiya vositachisi

2018

Eng yaxshi investitsiya maslahatchisi

2017

Eng yaxshi investitsiya vositachisi

2017

Bitimlar soni bo'yicha yetakchi

2016

Eng yaxshi investitsiya vositachisi

2016

Bitimlar soni bo'yicha yetakchi

Bizning raqamlar

500 mln USD

Bitimlar hajmi

12 yil

Kapital bozorida

20000+

Faol mijozlar

10

Mukofotlar

50

Hamkor kompaniyalar

3

Ommaviy joylashuvlar